
"Barselona" hujumchisi jarohat oldi
"Barselona"ning polshalik hujumchisi Robert Levandovski jarohat oldi va Joan Gamper kubogi uchun bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 36 yoshli hujumchi chap tizza osti payini shikastlagan. Tiklanish muddati hali noma’lum.
"Barselona" va "Komo" o‘rtasidagi Gamper kubogi bahsi 10 avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Ispaniya chempionati yangi mavsumining ilk turida "Barselona" safarda "Malorka" mehmoni bo‘ladi. O‘yin 16 avgustga belgilangan.
Fikrlar