"Barselona" hujumchisini APLda kutishmoqda

  • 25.06.2021 09:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona"ning daniyalik hujumchisi Martin Breytueyt faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Sport.es tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchini "Vest Xem", "Byornli", "Brayton" va "Norvich" klublari o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Aytish lozimki, Martin uchun Angliya chempionati begona emas. Boisi, u faoliyati davomida "Midlsbro" safida ham o‘ynagan.

Breytueyt o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 42 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!