"Barselona" italyalik himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
"Barselona" "Inter" himoyachisi Alessandro Bastoni bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jurnalist Matteo Moretto xabar berishicha, endi klublar o‘rtasida transfer summasi bo‘yicha murosa qilish jarayoni qolgan. "Inter" muzokaralarda kataloniyaliklar tarkibidan bir futbolchini qo‘shib berishni ham talab qilishi mumkin. Asosiy nomzod sifatida Hektor Fort tilga olinmoqda.
Ma’lumot uchun, Bastoni joriy mavsum A Seriyada 26 uchrashuv o‘tkazib, 1 gol va 4 golli uzatma qayd etgan. Uning "neradzurrilar" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar