"Barselona" Jahon chempionatidan so‘ng MYu futbolchisini sotib olmoqchi

  • 3 dekabr, 2022, 18:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish uchun harakatlarni boshlab yubordi.

"Mundo Deportivo" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar short-listidan "Vilyarreal" vakili Xuan Foyt, MYu futbolchisi Diogu Dalot hamda "Bavariya" a’zosi Benjamin Pavar o‘rin olgan.

Ayni paytda "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati har uchala himoyachining Jahon chempionatidagi harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Katta ehtimol bilan, transfer qishdayoq amalga oshiriladi.

Xavi mavsum avvalida vatandoshi Ektor Belerinni Kataloniyaga olib kelgandi. Biroq u ishonchni oqlay olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!