"Barselona" Joau Kanselu transferi bo‘yicha "Al-Hilol"ga taklif yubordi
"Barselona" klubi "Al-Hilol"ga Joau Kanseluni transfer qilish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘lladi.
Kataloniyaliklar 31 yoshli himoyachini ijara asosida tarkibga qo‘shib olish va uning maoshining bir qismini qoplashga tayyor. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, deya xabar beradi Fabrizio Romano.
Avvalroq "Inter" saudiyaliklar bilan futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgani ma’lum qilingan edi. Biroq, Joau Kanseluning o‘zi faoliyatini aynan "blaugranaliklar" safida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Fikrlar