"Barselona" "Kamp Nou"ga bu yil qaytmasligi mumkin

  • 21 iyul, 22:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" jamoasi yaqin oylarda ham o‘zining tarixiy stadioni — "Kamp Nou"ga qaytmasligi mumkin. Kataloniya klubi bu yilgi Gamper kubogi bahsini ham qayta qurilayotgan arenadan uzoqda — "Estadi Yoxan Kroyff"da o‘tkazadi.

Tecno

Bunga asosiy sabab sifatida klubning shahar hokimiyatidan litsenziya olishdagi muammolari ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, stadion uchun abonementlar faqat 10 avgustdan so‘ng sotuvga chiqishi kutilmoqda — o‘shanda qancha muxlis uchun ruxsat olinishi va narxlari ma’lum bo‘ladi.

Ispaniyaning "As" nashri yozishiga ko‘ra, qurilishchilar uyushmasi va shahar kengashi "Barselona" rahbariyatining rejalarini haddan tashqari optimistik deb baholagan. Qurilishchilar uyushmasi prezidenti va "Barsa" prezidentligiga sobiq nomzod Xaver Vilaxoana esa "arena faqat 2026 yil boshida ochilishi mumkin", deya bayonot bergan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "ko‘k-anorranglilar" o‘z uchrashuvlarini "Olimpik Lyuis Kompanis" stadionida o‘tkazgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!