
"Barselona" Lautaroning transferi bo‘yicha yakuniy taklifni tayyorlamoqda
“Barselona” klubi hamon “Inter” forvardi Lautaro Martinesni sotib olish niyatidan qaytmayapti.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha “neradzurrilar”ga yakuniy taklifni tayyorlamoqda.
“Ko‘k-anor ranglilar” urugvaylik hujumchi Luis Suaresning o‘rniga munosib futbolchi qidirmoqda va bu borada aynan Lautaro nomzodi ilgari surilmoqda.
Fikrlar