"Barselona" "Liverpul" yarim himoyachisiga ko‘z tikdi
"Liverpul" yarim himoyachisi Rayan Gravenberx "Barselona"ning diqqat markazida turibdi.
"Fichajes" nashrining xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun 50 million evro taklif qilishga tayyor. Kataloniya klubi bu summa muzokaralarni boshlash uchun etarli bo‘ladi, deb hisoblamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xans-Diter Flik jamoasi oldinga uzatma berishda aniqlikka ega bo‘lgan yarim himoyachini izlamoqda va Gravenberx aynan shu talabga mos keladi.
Joriy mavsumda Gravenberx barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar