"Barselona" Markus Reshfordni to‘liq sotib olishni ko‘rib chiqmoqda

  • 01.11.2025 15:16
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi ingliz hujumchisi Markus Reshfordning o‘yin darajasidan mamnun. "Sport.es" xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 28 yoshli futbolchini “Manchester Yunayted”dan to‘liq sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Bunday transfer Markus o‘z maoshini sezilarli darajada qisqartirishga rozi bo‘lgan taqdirda amalga oshishi mumkin. Chunki "Barselona" "Yunayted"dagi kabi yuqori shartlarni ta’minlay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Reshford 2025 yil yoz oyida "qizil iblislar"dan bir yillik ijara asosida Kataloniya klubiga o‘tgan. Amaldagi kelishuv 2026 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum La Ligada Markus 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!