“Barselona” Messidan boshqa maqsadda foydalanib qolmoqchi

  • 20 aprel, 2023, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati Lionel Messini olish orqali moliyaviy foyda ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklar argentinalik jahon chempionini erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi. Messiga ikki yillik shartnoma taklif qilinadi. Bu haqda taniqli jurnalist Fernando Polo  xabar tarqatdi.

Agar “Barselona” mutasaddilari moliyaviy muammolarni hal qilib, Messini olib kelish imkonini topsa, keyinchalik moddiy foyda topishni ko‘zlamoqda. Klub mutaxassislarining hisob-kitobiga ko‘ra, Messi ikki yil davomida 250-300 million evro foyda keltirishi kutilmoqda.

Messining PSJ bilan shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Parijliklar agentinalik yulduzni o‘z safida saqlab qolmoqchi. Leoning o‘zi esa, Kataloniyaga qaytishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!