“Barselona” Messiga yordam berganlardan voz kechdi
“Barselona” rahbariyati “Kuatrekasas” yuridik firmasi Lionel Messiga yordam bergani uchun ular bilan hamkorlikni butunlay to‘xtatdi.
Aynan mazkur firma yuristlari Messiga shartnomani bekor qilish talabini ofis faksiga yuborish usulini qo‘llashni maslahat bergani aniqlandi. “Barselona” yuristlarning bu ishini hazm qila olmadi.
Aynan shartnomani bekor qilish masalasi ayni paytda klub va futbolchi o‘rtasidagi muammolarga sabab bo‘lmoqda. Messi kelishuvni 10 iyungacha qadar bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega edi. Lekin koronavirus pandemiyasi sababli mavsum cho‘zilgani bois, argentinalik hujumchi shartnomani mazkur sanadan keyin ham bekor qilishga haqqi borligini ta’kidlamoqda.



Fikrlar