
"Barselona" Messini PSJdan ko‘ra ko‘proq hurmat qiladi
"Barselona" jahon chempionatidan keyin Lionel Messi haqida PSJga qaraganda ko‘proq post qoldirdi.
Kataloniyaliklarning "instagram"dagi rasmiy akkauntida Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘alabasiga bag‘ishlangan to‘qqizta post joylashtirdi. Yana sakkizta "tvitter"ga post qo‘ydi.
Messining hozirga klubi "Pari Sen-Jermen" esa "Instagram"da bor-yo‘g‘i beshta post joylashtirgan.
Argentina mundial finalida Frantsiyani mag‘lub etdi. 7 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan Lionel Messi turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Messining o‘z "instagram" sahifasiga qo‘ygan g‘alaba haqidagi posti "layklar" soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 69 milliondan ortiq.
Fikrlar