"Barselona" "Milan" futbolchisi bilan deyarli kelishuvga erishdi
"Barselona" jamoasi "Milan" futbolchisi Frank Kesse bilan og‘zaki kelishib oldi. Futbolchi yozda erkin agent sifatida katalon klubiga ko‘chib o‘tadi.
"Sport" nashrining xabar berishicha, afrikalik yarim himoyachi milanliklarning shartnoma uzaytirish borasidagi barcha takliflarini rad etgan. U jamoadan ketishni istayapti.
Hozirda Kessega "Barselona"dan tashqari MYu, "Tottenxem" va "Arsenal" kabi APL grandlari qiziqish bildirmoqda. Uning o‘zi Ispaniyada to‘p tepishni xohlayotganini aytgan.
Ma’lumot o‘rnida, Frank Kesse ushbu mavsum A Seriyaning 20 bahsida 5 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar