“Barselona” muxlislari uchun ajoyib xushxabar

  • 2 avgust, 2022, 18:17
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Barselona" bilan shartnoma borasida kelishib oldi, deb xabar berdi Ispaniyaning “SPORT” nashri.

Oldinroq Kataloniya klubi portugaliyalik xavbek bilan “Manchester Yunayted” va “Chelsi” qiziqish bildirayotgan gollandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongni sotgan keyingina shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

27 yoshli futbolchining “shaharliklar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 80 million evroga baholamoqda.

Bernardu Silva o‘tgan mavsum "Manchester Siti"ning barcha musobaqalar doirasidagi 50 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga  13 ta gol va 7 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!