"Barselona" muxlislari uchun hush, "Napoli" muxlislari uchun esa noxush xabar!

  • 25.02.2020 00:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi himoyachisi Kalidu Kulibali Chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki bahsidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra senegallik futblchi kataloniyaliklarga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kulibali o‘tgan yilning dekabrida sonidan jiddiy jarohat olgan edi. U joriy 2020 yilda bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Ma’lumot uchun, “Napoli” – “Barselona” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!