"Barselona" muxlislari uchun xushxabar!
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Pedri jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi. Jurnalist Fernando Polo bergan xabarga ko‘ra, so‘nggi tibbiy tekshiruvlardan so‘ng, ispaniyalik jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
Pedri FIFA kunlaridagi tanaffusdan so‘ng safga qaytishi kerak. Yarim himoyachi katta ehtimol bilan oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tadigan "Real" bilan o‘yinda ishtirok etadi.
Shuningdek, Pedri yaqin kunlarda jamoaviy mashg‘ulotlarni boshlaydi. Pedri jarohatidan oldin Ispaniya chempionatining yangi mavsumida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar