
"Barselona" muxlislari uchun yangilikni zo‘ri!
"Barselona" rahbariyati jamoaning hujumkor qanot yarim himoyachisi Usmon Dembele bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Mundo Deportivo jurnalisti Rojer Torelloning xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar frantsiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda. Manbaning yozishicha, yangi shartnoma uchun poydevor allaqachon qo‘yilgan va hujumchi shartnomasini 2027 yoki 2028 yilgacha uzaytirishi mumkin.
Torelloning qo‘shimcha qilishicha, Dembele shaharga to‘liq moslashgan va ketish niyati yo‘q. Qolaversa, u yaqinda oilasi bilan yangi uyga ko‘chib o‘tdi.
Dembele o‘tgan mavsum La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar