"Barselona" MYu futbolchisini nishonga oldi
"Barselona" "Manchester Yunayted" himoyachisi Lisandro Martinesni oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida "Fichajes" nashri maʼlum qildi.
Manbada berilgan maʼlumotga koʻra, kataloniya klubi Lisandro bilan himoya chizigʻini kuchaytirishni maqsad qilgan. Lekin ispan grandi hali futbolchi uchun rasmiy taklif yubormagan.
28 yoshli futbolchining ayni vaqtda "transfermarkt" portalidagi narxi 35 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha moʻljallangan.
Eslatib oʻtamiz, argentinalik himoyachi 2022 yilda 57 million yevro evaziga "Ayaks"dan MYu safiga kelib qoʻshilgan edi. Shu davr mobaynida futbolchi 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani oʻz nomiga yozdirib qoʻygan.
Fikrlar