
“Barselona” niyatiga etdi
“Barselona” rahbariyati o‘z futbolchilarini maosh pasayishi ko‘ndira oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Maoshlarni qisqartirish orqali klub 122 million evro tejab qoladi.
Aslida “Barsa” rahbarlari maoshni kamaytirish yo‘li bilan 190 million evroni tejab qolishni maqsad qilgan edi. Dastlabki muzokaralardan tomonlar bir to‘xtamga kela olmadi.
Avvalroq, Jerar Pike, Kleman Dangle va Mark-Andre ter Shtegen va Frenki de Yong klub taklifiga rozi bo‘lib, maoshi pasaytirilgan yangi shartnoma imzolagan edi. Messi boshliq aksariyat futbolchilar bunga ko‘nmagandi.
Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng rahbariyat o‘z maqsadiga etdi.
Fikrlar