"Barselona" og‘zidagi oshni PSJga oldirib qo‘yishi mumkin

  • 6 iyun, 2021, 12:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik yarim himoyachi Jorjino Veynaldum faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin.

Tecno

"Barselona" allaqachon tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni rejalashtirayotgan Veynaldumni PSJ o‘z tomoniga og‘dirib olishga tayyor. Endi futbolchi parijliklarning taklifini qabul qilishi mumkin. Chunki unga ikki baravar ko‘p maosh taklif qilinmoqda. Uni jamoaga shaxsan Pochettino chaqirdi.

Agar "Barsa" o‘z takliflarini yaxshilamasa, Veynaldum PSJga o‘tadi. Rasmiy qaror yaqin bir necha soat ichida e’lon qilinadi", - deya xabar tarqatmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Veynaldum shartnoma muddati yakunlangani bois  "Liverpul"ni tark etdi. U mersisaydliklar safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!