“Barselona” orzusidagi futbolchiga etishadigan bo‘ldi

  • 1 aprel, 2021, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘tgan yozda Lautaro Martinesni qo‘lga kirita olmagan “Barselona” joriy mavsum yakunlanganidan keyin bu orzusini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ma’lumki, yozda “Inter” argentinalik futbolchi uchun 111 million evro talab qilib, kataloniyaliklarning barcha takliflarini rad etgan edi.

Milanliklar bu yil talabni pasaytiradi. Chunki, koronavirus pandemiyasi ortidan kelib chiqqan moliyaviy vaziyat “Inter”ga ham ta’sir qildi va klub ikki yulduzi – Romalu Lukaku va Lautaro Martinesdan birini sotishi kerak.

Shuningdek, manbalar “Inter” rahbariyati o‘tgan yili kataloniyaliklar taklif qilgan variant – o‘zaro futbolchi almashtirish usulidan foydalanishga ham rozi. Joriy mavsumda Lautaro Martines A Seriyada 27 ta uchrashuvdan maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!