“Barselona” orzusidagi hujumchini olish yo‘lini topdi
Ronald Kuman hamon kataloniyaliklar rahbariyatidan hujum chizig‘iga hamyurti Memfis Depayni olib kelishni talab qilmoqda.
“Barsa” rahbarlari transfer uchun belgilangan 25 million evroni to‘lamoqchi emas. Bu summani arzonlatish uchun ular transferga mavsumni “Betis”da o‘tkazgan braziliyalik himoyachi Emersonni qo‘shib bermoqchi.
21 yoshli himoyachi “Betis” tarkibida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.

Fikrlar