“Barselona” oʻz himoyachisini Bastoni transferi uchun qoʻshib bermoqchi
"Barselona" "Inter"ning markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqish bildirishda davom etmoqda. Kataloniya klubi "neradzurri"ga joriy mavsumda "Elche"da ijara asosida o‘ynayotgan qanot himoyachisi Ektor Fortni ham taklif qildi. Bu haqida Mundo Deportivo La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Inter" Bastoni transferi uchun 60 million yevro so‘ramoqda va hozircha Italiya klubi Fortni shartnomaga kiritish sharti bilan narxni pasaytirishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘qmi noma’lumligicha qolmoqda.
Joriy mavsumda 19 yoshli Fort barcha musobaqalarda 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.

Fikrlar