
"Barselona" Pau Viktorni o‘z safiga qo‘shib oldi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasi yozgi transferlar oynasidagi ilk xaridini amalga oshirdi. Lekin bu futbolchi ko‘pchilik kutganidek, Niko Uilyams yoki Dani Olmo emas, balki "Jirona"dan sotib olingan Pau Viktor bo‘ldi.
Iste’dodli va umidli futbolchi sifatida baholanayotgan 23 yoshli iqtidor egasi "ko‘k-anorranglilar" bilan 2029 yilning 30 iyun sanasiga qadar davom etadigan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Bitimning batafsil shartlari esa e’lon qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz Pau Viktor ortda qolgan mavsumni ijara asossida "Barselona B" tarkibida o‘tkazib, barcha musobaqalar hisobidan umumiy 39 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 20 ta gol yozib qo‘ya olgandi. Bundan tashqari futbolchi 8 bor sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
Fikrlar