"Barselona" prezidenti APL klubini ogohlantirdi
"Barselona" Chempionlar ligasining guruh bosqichida "Chelsi"ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv oldidan kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta fikr bildirdi.
"Londonga g‘alaba uchun boramiz. Bu oson bo‘lmaydi, chunki “Chelsi” ajoyib jamoa. Ular kuchli transferlar amalga oshirishdi va juda muvozanatli tarkibga ega. Ammo bizda ham zo‘r jamoa bor. Ba’zi futbolchilarimiz qaytdi. Rafinya maydonga qaytishi bilan gol urmoqchi. “Aristrokratlar”ga qarshi o‘yinga yana bir necha futbolchilarni tiklab olamiz. Agar o‘z darajamizni ko‘rsatsak, g‘alabaga umid qilsak bo‘ladi" — dedi Laporta DAZN kanaliga.
Ma’lumot uchun, bu ikki klub o‘rtasidagi to‘qnashuv 25 (26) noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00'da boshlanadi.
Fikrlar