"Barselona" PSJ futbolchisini tekinga qo‘lga kiritmoqchi

  • 26.01.2021 16:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubi chap qanot himoyachisi Xuan Bernat "Barselona"ning qiziqishlar doirasiga kirdi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” 27 yoshli ispaniyalik futbolchini yozda, ya’ni uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganidan so‘ng, erkin agent sifatida tekinga qo‘lga kiritmoqchi.

“Barsa” rahbariyati Bernatning tarkibda Jordi Albaga munosib raqobatchi bo‘la olishiga ishonmoqda.

Bernat PSJ safiga 2018 yil “Bavariya”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 76 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transfer narxi esa 16 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!