
“Barselona” qaysi yulduzlarni olishini hal qildi
“Barselona” kelasi mavsum oldidan ayrim pozitsiyalarni mustahkamlash uchun yangi o‘yinchilar olishni maqsad qilib qo‘ydi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar sport direktori Deku chap qanot hujumchisi va markaziy himoyachiga ehtiyoj borligini biladi va bu pozitsiyalarga o‘yinchi tanlab qo‘ydi.
Dekuga “Liverpul” hujumchisi Luis Dias nomzodi ma’qul keldi. “Barselona” mutasaddilari bu futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Lekin Diasning transfer ancha serxarajat. Dekuni aynan mana shu masala o‘ylantirib qo‘ygan.
Ikkinchi nishon “Bayer” bilan shartnomasi yakunlanayotgan markaziy himoyachi Jonatan Ta hisoblanadi. Agar kataloniyaliklar bu futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelisha olsa, bu transfer bepul tushadi.
“Barselona”ning bugungi moliyaviy imkoniyatlari istalgan futbolchini sotib olish uchun etarli emas. Klub rahbariyati bir necha yildan beri moliyaviy inqiroz oqibatlari bilan kurashib keladi. Bu masala klubning transfer siyosatiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Fikrlar