
"Barselona" qishda himoya markazini kuchaytirmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi davralar oralig‘ida jamoaning markaziy himoyasini kuchaytirmoqchi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” Leverkuzenning “Bayer” klubi himoyachisi Jonatan Tani ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Unga ko‘ra “Barselona” hali EChLda ishtirok etmagan 19 yoshli germaniyalik futbolchini qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Germaniya yoshlar terma jamoasi a’zosining “dorishunoslar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Unga ko‘ra 2018 yilga qadar Tani sotib olishni istagan klub, 25 mln evro tovon pulini to‘lashi kerak.
Bundan tashqari “Barselona” “RB Leyptsig” a’zosi Dayot Upamekanoni ham ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Biroq, u bu mavsum jamoasi bilan EChL bahslarida ishtirok etdi.
Fikrlar