“Barselona” qiyin transferni boshlamoqchi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Rayan Gravenberx Ispaniya chempionati g‘olibi “Barselona”ning nazariga tushgan.
“Liverpul” Gravenberxni uzoq muddatli loyiha sifatida ko‘rgani uchun uni hozircha sotish niyati yo‘q. “Barselona” o‘z rejasini amalga oshirish uchun transferga ham klubni, ham o‘yinchining o‘zini ishontirishga to‘g‘ri keladi.
Bu jarayonda eng katta muammo — moliyaviy imkoniyat. Kataloniyaliklar bir necha yildan beri iqtisodiy ahvol tufayli o‘zlari rejalashtirgan transferni amalga oshirolmay keladi.
Yangi transfer uchun “Barselona” sport direktori Deku tarkibdagi bir necha o‘yinchilarni sotiyu yuborib, Gravenbexr transferiga etadigan mablag‘ to‘plashi, maoshlar fondini qisqartirish va moliyaviy feyr-pley talablaridan chetga chiqmaslik yo‘lini topishi kerak.



Fikrlar