"Barselona" "Real" qiziqayotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

  • 12.09.2021 14:35
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" "Lester" futbolchisi Yuri Tilemansni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "El Mundo Deportivo" nashri xabar tarqatmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Kataloniya klubi 24 yoshli futbolchini ancha vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda va uni jamoani kuchaytirishga qodir deb hisoblaydi.

Belgiyalik yarim himoyachining "tulkilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida o‘z yakuniga etadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Transfermarkt" portali Tilemansni 55 million evroga baholamoqda. Avvalroq, unga "Real" qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!