
"Barselona" "Real"ning maqsadini yo‘qqa chiqarmoqchi
"Liverpul" himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning kelajagi muhokama ostida. 26 yoshli futbolchining mersisaydliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Yangiliklarga ko‘ra, Arnoldga "Real"dan tashqari yana boshqa klublar ham ko‘z tikmoqda.
Transfer News Live xabariga ko‘ra, "Bavariya" va "Barselona" Trent Aleksandr-Arnold uchun kurashga qo‘shilgan. Kataloniya klubi angliyalikning "Real Madrid"ga o‘tishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Trent Alexander-Arnold "Liverpul" asosiy tarkibida 319 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urgan va 83 ta golga assistentlik qilgan.
Fikrlar