«Barselona» Rodrining agentlari bilan muzokara o‘tkazdi
«Barselona» rahbariyati «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandesni qo‘lga kiritish orqali «Real»ni dog‘da qoldirmoqchi.
The Athletic nashri xabariga ko‘ra, kataloniyaliklar allaqachon 30 yoshli ispaniyalik futbolchining agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. «Barselona» Rodrini jarohat olgan Frenki de Yongning o‘rnini bosadigan asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, manbalar ta’kidlashicha, Rodrining o‘zi faoliyatini madriddlik «Real» safida davom ettirishni afzal ko‘radi. «Qaymoqranglar» jahon chempionatida eng yaxshi o‘yinchi deb topilgan yarim himoyachini qo‘lga kiritish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
«Manchester Siti» esa futbolchini sotishdan taxminan 60–70 million yevro atrofida daromad olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Rodri Ernandes Angliya chempionatida 21 ta o‘yin o‘tkazib, bir bor gol urgan.

Fikrlar