"Barselona" sobiq futbolchisi: "Xavi bilan ishlash juda tushunarsiz holat edi"
Serjino Dest "Barselona"da Xavi bilan bo‘lgan munosabatlari haqida gapirdi.
- Sizda bu borada afsus bormi?
- Men bundan afsusdaman demagan bo‘lardim. Chunki yakunda sodir bo‘lgan barchasi menga bog‘liq emas edi. To‘g‘ri, Xavi qo‘l ostida menga etarlicha imkoniyatlar bo‘lmadi. O‘zimni qanday o‘ynashim mumkinligini faqat o‘ylay oldim holos. Misoli, chegaralangandek his qildim. Hujumga doimiy qo‘shilmoqchi bo‘lar edim. Chunki bu mening eng kuchli tomonim. Lekin u mendan yuqoriga aslo ko‘tarilmasligimni so‘rayverardi.
- Xavi bilan munosabatlarda nimalar sodir bo‘ldi?
- U menga nisbatan to‘g‘ri ish qilmadi. Biz u bilan bir nechta suhbatlar o‘tkazdik. Yozda mavsum tugashi bilan u menga : "Men senga to‘liq ishonaman. Matbuotni umuman o‘qima", dedi. Atigi bir necha kunlardan keyin esa, darhol: "Siz ketishing kerak", dedi. Men ochig‘i juda ham xayron qolgan edim.



Fikrlar