«Barselona» sport direktori: «Bir tomonda Messi, ikkinchi tomonda — «Barselona»
«Barselona» sport direktori Deku 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan 2026 yildgi jahon chempionati finali haqida fikr bildirib, Ispaniya va Argentina terma jamoalari orasidagi uchrashuvda kimni favorit deb bilajagi haqidagi savolga javob berdi.
«Leo biz uchun abadiy o‘zimizniki. Tanlash juda qiyin. Bir tomonda – Leo. U nafaqat mening do‘stim, balki «Barselona» muxlislari uchun hammasiga o‘zini bag‘ishlagan futbolchi. U – afsona. U ko‘rsatayotgan o‘yin men uchun hali ham hayratlanarli. Boshqa tomonda esa «Barselona» futbolchilari bor. Shu bois bu oson qaror emas, ertaga barchaga diqqat bilan nazar tashlaymiz. O‘ylaymanki, final juda hayajonli o‘tadi», – deya Dekuni so‘zlarini COPE manbasiga tayanib Mundo Deportivo keltiradi.
Jahon chempionati finali AQShning Ist-Raterford shahrida joylashgan «Metlayf» stadionida o‘tkaziladi. Uchrashuv boshlanish vaqti – Toshkent vaqti bilan soat 23:59.

Fikrlar