“Barselona” tanlov qilmoqda. Klub ikki futbolchisining biri bilan xayrlashishga majbur

  • 9 avgust, 2022, 14:04
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yangi mavsum oldidan bir qancha muammolarga duch kelmoqda. Avvalroq, himoyachi Jerar Pike yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun maoshini kamaytirishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Biroq bu Kataloniya klubi uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.

Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, klub bir futbolchisidan voz kechishi kerak. Hujumchilar Memfis Depay yoki Per-Emerik Obameyangdan biri "Barselona"ni tark etishga majbur.

Manbaning xabariga ko‘ra, 28 yoshli gollandiyalik futbolchi erkin agent sifatida ketish uchun “ko‘k-anorranglilar” bilan muzokaralar olib bormoqda.

Oldinroq Depayga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Memfis o‘tgan mavsum kataloniyaliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 37 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!