"Barselona" ter Shtegenga yangi shartnoma taklif qildi

  • 16.03.2020 11:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi hamon germaniyalik posbon Mark-Andre ter Shtegen bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha kataloniyaliklar 27 yoshli darvozabonga yiliga bonuslarsiz 6,3 million evro maosh taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq ter Shtegen yiliga 15 million evro maosh talab qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, klub unga buncha mablag‘ to‘lamoqchi emas.

Ter Shtegenga esa "Yuventus", "Chelsi" va "Bavariya" klublaridan qiziqishlar bor. U joriy mavsum “Barselona” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 34 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!