"Barselona" top-3 chempionatlar orasida eng yaxshi himoya chizig‘iga ega

  • 20 sentabr, 2022, 14:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” xalqaro tanaffus vaqtiga qadar Evropaning top-5 ligalari ichida eng yaxshi himoya chizig‘iga ega deya e’tirof etilmoqda.

Sababi, Ispaniya La Ligasining olti uchrashuvida Xavi Ernandes shogirdlari o‘z darvozalaridan faqat bitta gol o‘tkazib yuborishdi. "Real Sosedad" bilan uchrashuvda Aleksandr Isak Mark-Andre ter Shtegen darvozasiga gol urdi. Eslatib o‘tamiz, faqat ichki chempionatlar doirasidagi o‘yinlar hisobga olinmoqda

Qizig‘i, ikkinchi pog‘onani ham Ispaniya oliy divizioni jamoasi, ya’ni "Vilyarreal" band etgan - 2 gol. Kuchli uchlikka A seriyaning yangi mavsumi etakchilaridan biri – “Atalanta” yakun yasagan. Jan Pero Gasperini shogirdlari chempionatning etti uchrashuvida atigi uchta gol o‘tkazib yuborishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!