"Barselona" uchun jiddiy yo‘qotish!

  • 24 sentabr, 2023, 11:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" La Liganing 6-turida "Selta"ni o‘z maydonida qabul qilib, 3:2 hisobida zafar quchdi. Mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlagan Frenki de Yong 36-daqiqada zaxiraga olindi. 

Klub rasmiy bayonotida yarim himoyachini o‘ng to‘pig‘idan jarohat olganini ma’lum qildi. Mish-mishlarga ko‘ra, u kamida bir yarim oyni o‘tkazib yuboradi. De Yong "El-klasiko"da maydonga tusha olmasligi aniq bo‘lmoqda.

Xavining ta’kidlashicha, niderlandiyalik futbolchi "Selta"ga qarshi bahsda dam olishi kerak bo‘lgan, lekin u o‘ynashni istadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!