"Barselona" Umtitining transfer narxini e’lon qildi

  • 29 mart, 2019, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Samyuel Umtiti mavsumlar oralig‘ida jaomasini o‘zgartirishi mumkin.

Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra kataloniyaliklar rahbariyati "Manchester Yunayted"ning frantsiyalik futbolchi borasida niyati jiddiy ekanini tushunib etdi. Shu bois ular Umtitini 70-90 million evro atrofiga qo‘yib yuborishga tayyor.

Eslatib o‘tish lozimki, uning uchun hozirda "Arsenal" ham kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi joriy mavsumning asosiy qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi. U hozircha 10ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!