
"Barselona" va "Arsenal" braziliyalik hujumchi uchun raqobatlashadi
Braziliyaning "Internasonal" klubi hujumchisi Yuri Alberto faoliyatini Angliya yoki Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Globo Esporte nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 20 yoshli braziliyalik futbolchiga «Arsenal» va «Barselona» jiddiy qiziqish bildirmoqda.Ushbu transfer kamida 15 million evroga tushishi aytilmoqda.
Yuri Alberto “Internasonal” safida 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan davr mobaydi jami 49 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 17 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Alberto Braziliya U-23 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar