"Barselona" va "Manchester Siti" fransuz futbolchisi uchun kurashishi mumkin

  • 27.07.2026 20:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Bornmut» klubi hujumchisi Eli Zhunior Krupi bir vaqtning o‘zida bir nechta yetakchi evropalik jamoalar diqqat markazida turibdi. Ishonchli insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, so‘nggi haftalarda «Barselona» Krupini o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini o‘rganmoqda. Kataloniya klubi bu variantni, avvalo, «Atletiko» bilan Xulian Alvares transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmaslik ehtimoliga qarshi zahira reja sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu oyning o‘zidayoq 20 yoshli forvard haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni «Manchester Siti» ham so‘rab olgan. Shu bilan birga, «Bornmut» rahbariyati fransuz hujumchisini sotishga shoshilmayapti. Klub kelasi mavsumda Evropa Ligasida ishtirok etadi va jamoa rahbarlari Krupini ushbu musobaqada asosiy kuchlardan biri sifatida saqlab qolishni istamoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislarining bahosiga ko‘ra, Eli Zhunior Krupining transfer qiymati 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!