“Barselona” va Xavi bir-birlari uchun yaratilgan. Kim bunday fikrda?

  • 20 aprel, 2020, 11:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi sobiq futbolchisi va tarbiyalanuvchisi hisoblangan Boyan Krkich "Al-Sadd" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib boratgan Xavi albatta “ko‘k-anor ranglilar” safiga bosh murabbiy bo‘lib qaytishini aytdi.

“Xavi ertami-kechmi yana “Barselona” safiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan odam. Jamoaga yana tarbiyalanuvchilarning qaytishi menga yoqadi. U bu jamoani ichidan biladi. “Barselona” va Xavi bir-birlari uchun yaratilgan. Men bunga ishonaman”, - deydi Krkich.

40 yoshli Xavi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998-2015 yillarda ushbu jamoa sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!