"Barselona" va "Yuventus" ning sobiq futbolchisi Qozog‘iston klubiga o‘tmoqda
"Barselona" va "Yuventus kabi mashhur jamoalar safida o‘ynagan Miralem Pyanich Qozog‘iston klubi bilan shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqida rossiyalik insayder Ivan Karpov ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, Pyanich "Aktobe" bilan bir yillik shartnoma tuzadi va shu tariqa o‘z faoliyatini 35 yoshida tiklaydi. Unga qo‘shilib, 39 yoshli Nani ham jamoaga keladi. Ikkala futbolchi ham mahalliy liganing tarixidagi eng yuqori maoshga ega bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yarim himoyachining so‘nggi jamoasi CSKA bo‘lib, u klubni 2025 yilning iyun oyida tark etgan edi.
Fikrlar