"Barselona" va "Yuventus" yozda o‘zaro futbolchi almashishlari mumkin

  • 5 aprel, 2019, 08:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" va "Yuventus" klublari yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida o‘zaro etakchi futbolchilarini almashtirishlari mumkin. Bu haqda Sportmediaset nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra gap kataloniyaliklar vingeri Filippe Koutinoni turinliklar forvardi Paulo Dibalaga almashtirish haqida ketmoqda. Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchining transferi 130 mln evroga baholanmoqda, braziliyalik futbolchining narxi esa 150 mln evro. Shu bois, “Yuve” Koutinoni qo‘lga kiritish uchun Dibaladan tashqari yana biroz mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum “Yuventus” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

43ta o‘yinda ishtirok etgan Koutino hisobida esa 10ta gol va 5ta assist mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!