"Barselona" "Valensiya" to‘purarini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

  • 03.06.2019 15:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Valensiya” forvardi Rodrigo Moreno katta ehtimol bilan faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Diario Sport nashrining yozishicha kataloniyaliklar 28 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishga judayam yaqin turishibdi. Rodrigoga “Barsa” rahbariyati va bosh murabbiyi Ernesto Valverde judayam ma’qul kelgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” “Valensiya” sardori  Dani Parexoni ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Valensiya” safida jami 49ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!