“Barselona” Xoland transferi bo‘yicha bayonot berdi

  • 14.03.2026 05:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” prezidenti lavozimiga nomzod Viktor Font Kataloniya klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand transferi bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lum qildi.

Bu haqida TEAMtalk nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, norvegiyalik hujumchining manchesterliklar bilan uzoq muddatli  shartnomasi borligiga qaramay, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

Font Holandni zamonaviy futboldagi eng yaxshi markaziy hujumchilardan biri, deb atadi va u kataloniyaliklar uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.

 Shuningdek, u futbolda bunday uzoq muddatli shartnomalar har doim ham oxirigacha bajarilmasligini aytdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Font jamoasi vakillari Madridda “Manchester Siti” rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan. Muzokarada agar norvegiyalik hujumchi ingliz klubini tark etishga qaror qilsa, uni sotib olishda ustuvor huquqni qo‘lga kiritish imkoniyati muhokama qilingan.

Holandning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034 yilning yozigacha amal qiladi. Norvegiyalik hujumchi 2022 yildan buyon “shaharliklar” jamoasida o‘ynab kelmoqda.

Shu vaqt ichida Holand 150 dan ortiq gol urdi va klub bilan bir nechta yirik sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq futbolchining shartnomasida kelajakda uning boshqa klubga o‘tishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan maxsus bandlar bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Shu bilan birga, “Manchester Siti”da futbolchi yaqin vaqtlarda jamoani tark etishni rejalashtirmayotgani ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!