
"Barselona" Xoland va Levandovskidan ko‘p gol urayotgan hujumchini sotib olmoqchi
"Barselona" "Sporting"ning 26 yoshli hujumchisi Viktor Dyokereshni xarid qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "A Bola" xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Dyokereshning shartnomasida 100 million evro evaziga muddatidan oldin uni bekor qilish haqida band mavjud. Kataloniya klubi bu summani kamaytirish maqsadida, "ko‘k-anorranglilar" 19 yoshli forvard Vitor Rokeni "Sporting"ga taklif qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Dyokeresh barcha turnirlarda 16 ta o‘yinda qatnashib, 20 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar