"Barselona" Xulian Al’varesdan tashqari yana ikki hujumchini ko‘rib chiqmoqda

  • 13.07.2026 14:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi Xulian Al’varesdan tashqari yana bir hujumchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ispaniya OAV xabarlariga ko‘ra, "Barsa" short-ro‘yxatiga bir nechta nom kiritilgan. Kataloniya klubi hujumchi Dušan Vlahovich va yarim himoyachi Kristian Asllani nomzodlarini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, hozircha bu futbolchilar bo‘yicha "Barselona" tomonidan rasmiy taklif yuborilmagani aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, Xulian Al’varesning "Barselona"ga o‘tishi ehtimoli hali ham yuqori bo‘lib qolmoqda. "Atletiko" forvardni qo‘yib yuborishni istamayapti, ammo kataloniyaliklar bu transferni amalga oshirish niyatidan qaytmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!