
"Barselona" yozda yana bir muhim transferni amalga oshirmoqchi
"Barselona" yozda Niko Uilyamsni sotib olishga yana bir bor harakat qiladi.
"Atletik" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Niko Uilyams 2025 yilning yozgi transferlar oynasida kataloniyaliklarning ustuvor maqsadi hisoblanadi. Bu haqda "El Chiringuito" xabar berdi.
"Barselona" futbolchini o‘tgan yozda qo‘lga kiritmoqchi edi. Biroq, Uilyams "Atletik"da qolishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, vinger La Liganing joriy mavsumida 22 yoshli ispaniyalik 11 o‘yinda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar