
"Barselona"da faqat bitta hujumchi qoldi!
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi 6-turida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda (0:3) jarohat oldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchiga chap oyog‘ining son orqa mushaklari shikastlangani tashxisi qo‘yilgan. Uning qachon safga qaytishi esa noma’lum.
Qayd etish joizki, “Barsa”da hozir faqat bitta hujumchi bor - Lyuk de Yong. Martin Breytveyt tizzasidan o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng, tiklanish jarayonlarini boshdan kechirmoqda, Serxio Aguero esa yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli maydonga tushmayapti.
Depay joriy mavsumda 21 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar